Maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan ushbu Maxfiylik siyosati (bundan keyin – Maxfilik siyosati) Internat da joylashtirilgan “Mohirpanda” (bundan keyin – O‘yin) ostidagi barcha biz tomondan ko’rsatilinayotgan xizmatlarga qo’llaniladi. Xizmatlardan foydalanish foydalanuvchi (bolaning ota-onasi yoki vasiysi) tomonidan uning siyosatiga va unda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi. Ushbu shartlarga rozi bo‘lmaganda, foydalanuvchi xizmatlardan foydalanishni rad qilishi kerak.


Tomonlarning majburiyatlari

Foydalanuvchi majburiyatlari:
   Xizmatlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni kiritish
   Ushbu ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda shaxsiy ma’lumotlarni yangilash

Bizning majburiyatlar:
   Olingan ma’lumotlardan faqat ushbu Maxfiylik siyosatida ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish
   Maxfiy ma’lumotning maxfiy ravishda saqlanishini ta’minlash, foydalanuvchining yozma ruxsatisiz uni oshkor qilmaslik, shuningdek, ushbu Maxfiylik siyosatida ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno
   Foydalanuvchining uzatilgan shaxsiy ma’lumotlarini foydalanuvchi roziligisiz uchinchi shaxslarga berish, nashr etish va boshqa yo‘llar bilan oshkor etmaslik


Xizmatlarimizdan foydalanishingiz mobaynida biz oladigan ma’lumotlar

Qurilma haqida ma'lumot. Muayyan xizmatlar ma’lum bir turdagi qurilmalar uchun bo‘lishini hisobga olib, qurilmadan foydalanish jarayonida ba’zi xizmatlarni faollashtirish uchun qurilmaga tegishli ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin.

Joylashuv haqida ma’lumot. Navigatsiya dasturiy ta’minotidan foydalanish, joylashuv manzilini olish, geografik joylashuvingizni boshqalar bilan bo‘lishish va hokazo kabi joylashuvni aniqlashga asoslangan ba’zi xizmatlardan foydalanishingiz kerak bo‘lganda, biz siz foydalanadigan qurilmaning amaldagi joylashuvi haqida taxminiy yoki aniq ma'lumotni sizning roziligingiz bilan to‘plashimiz va qayta ishlashimiz mumkin.

Yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanamiz

O‘yin davomida shaxsiy ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda to‘plash va foydalanish mumkin:

Xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash uchun

Siz taqdim etgan maʼlumotlar xizmat koʻrsatishni va qo‘llab-quvvatlash ehtiyojlariga yanada samaraliroq javob berishga yordam beradi. O‘yinni yana ham boyitishga imkon yaratadi.

SMS xabarlar yuborish uchun

Biz foydalanuvchi telefon raqamiga kurslar yoki xizmatlar haqida SMS xabarnomalar yuborishda foydalanishimiz mumkin. Foydalanuvchi telefon raqami foydaluvchi savol-takliflariga va boshqa so‘rovlarga javob berishi uchun ham ishlatilinishi mumkin.

Ma’lumotlarni o‘chirish

Foydalanuvchilar xizmatlarimizdan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini o’chirishni xohlasalar, [email protected] orqali bog‘lanishlari mumkin.

Maxfiylik siyosatini yangilash

Biz ushbu maxfiylik siyosatiga vaqti-vaqti bilan o’zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Kattaroq o‘zgarish bo’lganda barcha foydalanuvchilarga sms xabar yoki sayt orqali xabar beriladi.

Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirish

Xizmatlarimizdan foydalanishingiz bilan siz ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan hisoblanasiz.