Ommaviy oferta

So‘ngi yangilanish 15.05.2023

Kirish. Asosiy atamalar

Mazkur ofertada quyidagi tushuncha va atamalar qo‘llaniladi:

“Mohirpanda” - Bolalar uchun yaratilgan ta‘lim-tarbiyaviy o‘yin (keying o‘rinlarda – O‘yin);
Foydalanuvchi – O‘yindan ro‘yxatdan o‘tgan holda yoki ro‘yxatdan o‘tmasdan xizmatlardan foydalanadigan jismoniy shaxs (bola vasiyligi ostidagi shaxs);
“mohirpanda.uz” sayti – O‘yinning rasmiy sayti hisoblanadi (keyin o‘rinlarda - Sayt);

Foydalanuvchi tomonidan oferta Saytdan yoki O‘yindan ro‘yxatdan o‘tish va/yoki qatnashish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish orqali aksept (qabul) qilinadi.


Ushbu ofertaga o‘zgartirishlar kiritish

   Vaqt o‘tishi bilan ofertaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ofertaning eng so‘ngi holatini shu yerdan topishingiz mumkin. Agar biz o‘zgarishni juda ham muhim deb topsak, foydaluvchi elektron pochtasi orqali xabar beramiz (albatta taqdim etilgan bo‘lsa). O‘zgarishlar e’lon qilinganidan so‘ng O‘yin xizmatlaridan foydalanish yoki kirishni davom ettirish orqali siz oferta shartlarini so‘zsiz qabul qilganingizni tasdiqlaysiz. Biz istalgan vaqt foydalunuvchi xabarisiz oferta mazmunini o‘zgartirishimiz, yoki xizmat ko‘rsatishni batamom to‘xtatishimiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Sizga bo‘lgan huquqlarimiz

1.   O‘yinlar, videolar, tasvirlar, audio va matnlar, yoki xizmatlar orqali mavjud bo‘lgan boshqa kontent ("Kontent") va xizmatlarga tegishli yoki ularda mavjud bo‘lgan barcha intellektual mulk (shu jumladan mualliflik huquqlari, ma'lumotlar bazasi huquqlari, grafikalar, dizaynlar, matnlar, logotiplar, savdo belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari) bizga yoki ulardan foydalanish huquqini bergan uchinchi shaxslarga tegishli. Bularga boʻlgan barcha huquqlar O‘yin va/yoki tegishli ravishda uchinchi tomon vakillarining mulki boʻlib qoladi.

2.   Ushbu ofertani o‘qish orqali siz O‘yinga tegishli bo‘lgan barcha materiallarni, xizmatlarni yoki materiallardan biron bir qismini takrorlamasligingiz, nashr etmasligingiz, o‘zgartirmasligingiz, tarqatishda ishtirok etmasligingiz, Butun Jahon Internet Tarmog‘ida joylashtirmasligingiz yoki biron-bir tarzda foydalanmaslikka rozilik bildirasiz. Bizning yozma roziligimizsiz har qanday davlat yoki tijorat maqsadlarida foydalanish uchun koʻrsatilgan muallif, savdo belgisi yoki boshqa mulkiy eslatma yoki lentani olib tashlamasligingiz yoki oʻzgartirmasligingiz va boshqa hech qanday oʻzgartirishlar kiritmaslikka rozilik bildirasiz. Bularning barchasi qonun oldida himoyalangan va ushbu huquqlarni buzganlik uchun tegishli javobgarlik belgilangan.

Obuna va boshqa tadbirlar

1.    Demo (namuna) o‘yinidan so‘ng, O‘yinni davom ettirish uchun muayyan muddatga obuna bo‘lish talab etiladi, obuna bo‘lish xohish asosida amalga oshiriladi. Har bir o‘yin obunasi uchun ko‘rsatilgan narxlar vaqti-vaqti bilan o‘zgarishi, yoki olib tashlanishi mumkin. Obuna narxlari bilan esa foydalanuvchi o’yin davomida tanishtiriladi.

2.    Hisob-kitoblar milliy valyuta (so‘m)da amalga oshiriladi. Foydalanuvchi qilgan to‘lovidan so‘ng, uning natijalarini olganidan e‘tiboran 3 kun mobaynida ular bo‘yicha e‘tirozlar, talablar va takliflarni taqdim etish huquqiga ega. Mazkur muddat o‘tganidan so‘ng e‘tirozlar qabul qilinmaydi.

3.    Biz O‘yinning ommabopligini oshirish uchun turli hil aksiya va bonuslar taqdim etishimiz mumkin.


Yakuniy

    To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomada nazarda tutilmagan har bir narsa O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va biznes aylanmalari asosida boshqarilinadi. O‘yin yoki O‘yin xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish orqali foydalanuvchi ushbu shartnomaning barcha shartlarini so‘zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi va uni bajarishni o‘z zimmasiga oladi.